LUTFULLA TOʻRAEV MURABBIY SIFATIDA ISh BOShLADI

Joriy mavsumda"Neftchi" sardori sifatida koʻplab oʻyinlarda sevimli jamoamizni maydonga boshlab tushgan tajribali yarim himoyachi Lutfulla Toʻraev futbolchilik faoliyatini yakunlab murabbiylik sohasida ishini davom ettiradigan boʻldi. Futbolchi faoliyati davomida "Mashal"," Nasaf","Bunyodkor", "Lokomotiv", OKMK va "Neftchi" kabi jamoalarda, shuningdek Malayziyaning "Felda Yunayted", "Terenganu" klublarida ham toʻp surishdan tashqari Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va turli toifadagi terma jamoalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan.Lutfulla Toʻraev futbolchilik davrida jami 285 uchrashuvda maydonda harakatlanib, 25 ta gol muallifiga aylandi va 37 marta assistentlik qildi. Futbolchi faoliyati davomida 2013 yilda mamlakat chempionligini va Oʻzbekiston superkubogini qoʻlga kiritgan, toʻrt bor mamlakat kubogi sohibiga aylangan. Lutfulla Toʻraevga futbolchilik faoliyatidagi boʻlganidek murabbiylik faoliyatida ham ulgan zafarlar tilab qolamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati