LUTFULLA TOʻRAEV MAShGʻULOTLARGA QAYTDI

Xabaringiz bor, "Neftchi" yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada boshlagan. Jamoaning tajribali va yetakchi yarim himoyachisi Lutfulla Toʻraev ana shu yigʻinlarda faol ishtirok etib qattiq jarohat olgan va operasiya qilingan edi.Oʻtgan vaqt mobaynida u salomatligini tiklab, yana jonajon jamoasi safida jangovar harakatlarni davom ettirishga puxta shaylandi. Lutfulla jamoaning navbatdagi rasmiy uchrashuvga tayyorgarlik yuzasidan olib borgan bugungi mashgʻulotlarida ilgarigidek faol ishtirok etib, oʻzini koʻrsatdi. Butun jamoamiz va jonkuyar muxlislarimiz nomidan unga mustahkam salomatlik va jonajon jamoasining turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qolish uchun kurashiga munosib hissa qoʻshishida omadlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati
























