Yangiliklarga qaytish
Umumiy

LUTFULLA TOʻRAEV JARROHLIK AMALIYoTIDAN MUVAFFAQIYaTLI OʻTDI

15-yanvar, 2023·1 min o'qish
IMG_20230115_100426_754

Turkiyaning Antalya shahrida tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi"ning yetakchi futbolchisi va jamoa sardori Lutfulla Toʻraev kecha navbatdagi mashgʻulotlar jarayonida jarrohatga uchrab, shifoxonaga yotqizildi. Bugun Stambul shahrida malakali mutaxassislarning qoʻygan tashxisiga koʻra, axill paylariga shikast yetkazilgani aniqlandi va futbolchi malakali shifokorlar yordamida muvaffaqiyatli operasiya qilindi. Bugundan boshlab Lutfulla Toʻraev reabilitasiya (tiklanish)ga kirishadi. Mutaxassislarning fikricha, reabilitasiya jarayoni taxminan 3-4 oy davom etadi. Jamoa vakillari hamda koʻp sonli muxlislari nomidan Lutfulla Toʻraevga mustahkam sihat-salomatlik tilagan holda, tezroq safga qaytib, barchamizni yorqin oʻyinlari orqali mamnun qilishiga ishonch bildirib qolamiz. "Neftchi" PFK jamoasi

Ulashish

O'xshash yangiliklar