Yangiliklarga qaytish
Umumiy

KUTILGAN G'ALABA!

26-may, 2024·2 min o'qish
084A0552

Uchrashuv kutilganidek jamoamizning hujumlari bilan boshlandi, lekin o'yindagi nazorat asta sekinlik bilan mehmonlar tomoniga o'tib, ular to'p bilan muomala qilishda ancha aniq va bexato o'ynashga harakat qilishdi. Kam sonli hujumlarimizning birida Javohir Qahramonov to'pga intilganda Sardor Rahmonov uni qo'pollik bilan to'xtatdi. Bu vaziyatga oydinlik kiritish uchun bosh hakam VARga yuzlandi va 11 metrli penaliti belgiladi. To'p yoniga kelgan Jasur Jaloliddinov jarima zarbasini amalga oshirayotganda mehmonlar posboni to'p yo'nalishini to'g'ri payqab olib penalitini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, qolgan daqiqalarda har ikkala jamoa vakillarining urinishlari samara bermadi va tanaffusga futbolchilar durang 0:0 natijasi bilan yo'l oldilar. Ikkinchi bo'lim ham jamoamizning faol hujumlari bilan boshlandi va tanaffus paytida murabbiylarimizning ko'rsatmalariga amal qilgan holda yigitlarimiz zo'r berib o'ynadilar va bu sa'y-harakatlar o'z samarasini ko'rsatdi. 53-daqiqada mehmonlar jarima maydonchasi yonginasida vakillarimizga nisbatan qoida buzildi. Jarima to'pini amalga oshirish uchun yana Jasur Jaloliddinov sahnaga chiqdi. Uning jonli devor ustidan tepalatib yo'llagan zarbasi darvoza to'ridan joy oldi va neftchilar hisobda oldinga chiqib olishdi 1:0. Shundan so'ng olmaliqliklar hisobni tenglashtirishga maqsadida ancha mahorat va kuchlarini solishga tushidilar. Ularning ketma-ket xavfli hujumlari stadionda yig'ilgan tomoshabinlarni ancha asabiylashishlariga olib keldi. Ushbu vaziyatlarda mehmonlar tomonidan uyushtirilgan hujumlarga biroz aniqlik va omad yetishmadi. Uchrashuvga qo'shib berilgan 6 daqiqa ham jamoamizning himoyadagi ishonchli o'yini bilan yakun topdi va ohir-oqibat ko'p ming sonli futbol ishqibozlari kutgan lahzalar ham amalga oshib, sevimli "Neftchi" jamoamiz kutilgan muhim g'alabani tantana qildi. Barcha ashaddiy va jonkuyar muxlislarimiz nomidan bugungi o'yinda namoyish etgan matonat va mardonavorligi uchun fktbolchilarimizga katta minnatdorchilik bildirib, tashakkurlar aytib qolamiz. G'alaba muborak, aziz futbol ixlosmandlari! "Neftchi" – OKMK 1:0 26 may. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00 Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov Qanot hakamlari: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov VAR: Ibrohim Ismoilov VAR: Aleksandr Sidorov Nazoratchi: Oleg Dachev Komissar: Bekzod Aripov Gol: 1:0 — 53, Jasur Jaloliddinov. "Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo'raboev, 7. Jasur Jaloliddinov (17. Sanjar Qodirqulov, 90+3), 8. Katalin Karp, 9. Husayn Norchaev (77. Bilolxon Toshmirzaev, 68), 11. Javohir Qahramonov (23. Diyorjon Turopov, 68), 20. Anvarjon G'afurov (s), 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 55. Manuchehr Safarov, 70. Abbosjon G'ulomov (14. Xurshidbek Muxtorov, 78), 99. Nsungusi Effiong (18. Mixay-Alekxandru Roman, 90+4). Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Jaloliddin Jumaboev, 4. Boyan Siger, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov. OKMK: 1. Valijon Rahimov, 2. Akram Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (8. Baxtiyorjon Qosimov, 75), 10. Xurshid G'iyosov (11. Murodjon Toshmatov, 83), 14. Azizbek Bahromov (13. Eldorbek Begimov, 58), 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 27. Ali Abdurahmonov (99. Irakli Ruxadze, 76), 28. Arixiro Sentoku, 77. Nodirbek Abdurazzoqov (18. Aziz Xolmurodov, 58). Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 5. Giorgi Papava, 21. Saidafzalxon Ahrorov, 95. Milyan Shkrbich. Ogohlantirish: Sardor Rahmonov (23), Akram Komilov (52), Muhsinjon Ubaydullaev (59), Jasur Jaloliddinov (90+2), Anvarjon G'afurov (90+4), Murodjon Toshmatov (90+4), Sanjar Qodirqulov (90+10). Golga aylanmagan penaliti: Jasur Jaloliddinov (24)

Ulashish

O'xshash yangiliklar