KUNNING IKKINChI NAZORAT BELLAShUVIDA HAM GʻALABA QOZONDIK

Bugun kunning birinchi qismida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi navbatdagi nazorat bahsida maydonga tushdi. Galgi raqibimiz Bolgariya ikkinchi ligasi vakili "Krumovgrad" jamoasi boʻldi.Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida gʻalaba qozongani haqida maʼlumot bergan edik. Kunning ikkinchi qismida esa vakilarimiz Polshaning "Ekstraklass" ligasi vakili "Radomyak" klubi bilan bahslashishdi. Murosasiz va hujumkor ruhda kechgan mazkur uchrashuvda "Neftchi" jamoasi 2:1 hisobida ishonli tarzda gʻalaba qozondi, gollarga Toma Tabatadze va Oliver Sharkichlar mualiflik qilishdi. Raqiblar esa 85 daqiqadagi belgilangan penaltidan unumli foydalanib xisobni qisqartirishga muavvaq boʻldi. "Neftchi" 2:1 "Radomyak" (Polsha) Gol: O.Sharkich 20 1:0 , T.Tabatadze 49 2:0, 85 pen 2:1 "Neftchi": Akbar Turaev (V.Nazarov 46), Zoyir Joʻraboev, Oleksey Larin, Andrey Mishenko, Mirzoxid Gʻofurov, Abbos Gʻulomov, Gʻulomxaydar Gʻulomov, Nurillo Toʻxtasinov, Fozil Musaev, Toma Tabatadze (F.Muhammadov 52), Oliver Sharkich "Neftchi" PFK matbuot xizmati