KUBOK MUSOBAQALARIGA QUR'A TASHLANDI

26 fevralda futbol bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqalariga qur'a tashlandi. 32 ta jamoa qatnashadigan bu turnirda 8 ta guruh ishtirok etadi. "Neftchi" jamoamiz Namanganning "Navbahor" va Farg'ona Davlat universitetining futbol jamoasi bilan birga "Ye" guruhidan o'rin olgan. Belgilangan qoida bo'yicha guruhning to'rtinchi qatnashchisi saralash bosqichi orqali aniqlanadi.Guruhda birinchi va ikkinchi raqamli jamoalar uchta bellashuvdan ikkitasini o'z maydonida o'tkazadi. Guruhda g'olib chiqqan ikki jamoa keyingi bosqichga, ya'ni 1/8 finalga yo'llanma oladi. Kubok musobaqalarining yakuniy final uchrashuvi Andijon shahrida o'tkaziladi.
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/02/IMG_20250227_091734_533-300x149.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/02/IMG_20250227_091659_653-240x300.jpg]