KO'NGILSIZ DURANG!

Jamoamiz "Lokomotiv" bilan "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda albatta g'alaba qozonish va turnir jadvalidagi o'rnini biroz bo'lsada yuqoriga ko'tarish uchun dastlabki daqiqalardanoq qattiq harakatga tushdi. Hujumchilarimiz raqiblarning jarima maydonchasini deyarli egallab olishdi. Lekin, Norchaev, Nsungusi, Gulamov, Toshmirzaevlar tomonidan darvozaga yo'naltirilgan to'plar yo to'singa tegib qaytar, yo noaniq ketar yoki darvozabon tomonidan qaytarilardi va birinchi bo'lim durang 0:0 natijasi bilan yakunlandi. Muxlislarimiz ikkinchi bo'limda jamoa albatta g'alaba qozonadi deb,katta umid qildilar.Uchrashuvning 49-daqiqasida Xusayn Norchaev tomonidan kiritilgan gol bu taxminni ma'lum darajada oqladi. Lekin, maydon egalarining jangovarligi uzoqqa cho'zilmadi. 74-daqiqada mehmonlar vakili Sardor Abdunabiev posbonimiz Sanjar Quvvatovni dog'da qoldirib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi 1:1. Qolgan vaqtda, shuningdek hakam tomonidan qo'shib berilgan 6 daqiqada ham vakillarimizning katta bosim bilan hujumga otilishi kutilgan natijani bermadi. Bellashuv 1:1 hisobida ko'ngilsiz durang bilan yakunlandi. 1 iyuli kuni jamoamiz birinchi davraning qoldirilgan uchrashuvini "Paxtakor" bilan o'tkazadi. Bu bahsda yigitlarimiz aniq natija uchun kurashib, albatta g'alaba qozonishlariga ishonamiz. "Neftchi" – "Lokomotiv" - 1:1 27 iyuni. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 20:00 Bosh hakam: Nayim Qosimov Qanot hakamlari: Islom Azimov, Sherzod A'zamov Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov VAR: Abdurashid Xudoyberganov AVAR: Maksim Nexochin Nazoratchi: Nabijon Ro'zimov Komissar: Oybek Yunusov Gollar: Husayn Norchaev 49, - 1:0 (Muhsin Ubaydullaev). Sardor Abdunabiev 74, - 1:1 (Muhammadanas Hasanov). "Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 9.Husayn Norchaev, 11.Javohir Qahramonov (7.Jasur Jaloliddinov, 46), 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 24.G'ulomxaydar Gulyamov (8.Ketelin Karp, 55), 70.Abbos G'ulomov (55.Manuchehr Safarov, 80), 77.Bilolxon Toshmirzaev (19.Mirzohid G'ofurov, 70), 99.Nsungusi Effiong (18.Mixay Roman, 70). Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 4.Boyan Siger, 23.Diyor Turopov. "Lokomotiv": 32.Suhrob Sultonov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Ivan Rogach, 11.Izzatilla Abdullaev (29.Quvonchbek Abraev, 60), 14.Dilshod Komilov, 15.Jasurbek Hakimov (7.Sardor Abdunabiev, 69), 22.Muhammadanas Hasanov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 27.Sobit Sindarov, 70.Abubakrrizo Turdialiev, 77.Lazizbek Mirzaev (6.Sherzodjon Komilov, 88). Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 20.Javohir Muborakov, 23.Jahongir Xoshimboev, 35.Azizbek Abdumajitov, 44.Ismoilbek Usmonxo'jaev. Ogohlantirishlar: Sobit Sindarov 59, Manuchehr Safarov 81, Xurshidbek Muxtorov 85.