Keyingi raqib - "NASAF"!
4-noyabr, 2022·1 min o'qish

"Neftchi" soʻnggi yillarda jiddiy raqibga aylangan "Nasaf" klubi bilan Oʻzbekiston chempionatlarida jami 47 bor toʻqnash kelgan. 16 gʻalaba, 11 durang, 20 magʻlubiyat. "Neftchi"ning" "Nasaf" ustidan qozongan eng yirik gʻalabasi 4-0. Qarshiliklar darvozasini jami 53 bor ishgʻol qilgan.Jamoamizning Qarshidagi eng oxirgi gʻalabasi 2012- yilgi mavsumga toʻgʻri keladi. Soʻnggi 5 yilda "Neftchi" va "Nasaf" qarama-qarshiligini jami 54911 nafar muxlis stadiondan kuzatib borgan. Muxlis tashrifi boʻyicha "Neftchi" jamaosi koʻrsatkichi yuqori albatta. Eng koʻp muxlis 2018 yilda Fargʻonadagi bahsga tashrif buyurgan-19632 tomoshabin. "Neftchi" PFK matbuot hizmati