KETELIN KARP "NEFTChI" AʼZOSI!

Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun moldovalik tajribali futbolchi Ketelin Karp "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning yarim himoya chizigʻida harakat qiladigan boʻldi. Maʼlumot uchun, Karp oʻtgan mavsumni Moldova chempionatida toʻp suruvchi "Uta-Arad" jamoasida oʻtkazdi. Futbolchi Rossiyaning "Ufa" jamoasidagi koʻp yillik faoliyati orqali tanish boʻlib ulgurgan. K.Karp futbolchilik faoliyati davomida Ruminiyaning kuchli klublarida, shuningdek Ukraina, Rossiya va Moldova klublarida faoliyat olib borgan. Futbolchi bugungi kunda Moldova milliy terma jamoasining asosiy futbolchilaridan hisoblanadi. Ahil jamoamiz va jonkuyar muxlislarimiz nomidan Ketelin Karpga yangi mavsumda "Neftchi"dagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz! Cătălin Carp Cu plăcere! "Neftchi" matbuot xizmati