Yangiliklarga qaytish
Umumiy

KESKIN KURASHLAR OSTIDA KECHGAN BAHSDA DURANG QAYD ETILDI

14-mart, 2025·2 min o'qish
084A8988

"Istiqlol" stadionidagi viloyat derbisi farg'onaliklarning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Birin-ketin mehmonlar darvozasi tomon tashkil etilgan kombinasion hujumlar xavfli bo'lib chiqdi, ammo golga tortaydigan vaziyat 15-daqiqada sodir bo'ldi.Abror Ismoilovdan to'pni qabul qilib olgan Shohruh Gadoev darvozaga zarba yo'lladi. Biroq uning zarbasi darvoza to'sinidan oshib o'tib, noaniq chiqdi. Ikki daqiqadan so'ng Abror Ismoilov qulay vaziyatdan kuchli zarba berdi. Bu safar ham zarba noaniq yo'nalish oldi. Shundan so'ng o'yin teng kurashlar ostida kecha boshladi. Darvozamiz oldida ilk xavfli vaziyat 40-daqiqada yuzaga keldi. Qo'qonliklar burchak to'pini amalga oshirganda to'p darvozamiz ustuniga tegib qaytdi. Birinchi bo'limga bosh hakam tomonidan qo'shib berilgan to'rt daqiqa ham o'yinga ta'sir ko'rsatmadi va tomonlar tanaffusga 0:0 hisobida durang natija bilan chiqishdi. Ikkinchi bo'lim kutilganidek jamoamizning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Lekin, 46-daqiqada mehmonlar eisobni ochishga yaqin keldilar. Bu vaziyatda himoyachimiz to'pni qaytarishda biroz xatolikka yo'l qo'yishi oqibatida mehmonlar hujumchisi to'pga egalik qilib zarba bergan edi. Ammo, uning zarbasi darvozamiz ustuni yonginasidan o'tib ketib, maydonni tark etdi. Keyinchalik murabbiylarimiz tarkibda bir qancha o'zgarishlarni amalga oshirishdi. Bu o'zgarishlar natijasida o'yin yanada keskin tus oldi va yigitlarimiz birin ketin xavfli hujumlarni omalga oshirishga erishdilar. Ular tomonidan uyushtirilgan qator xavfli hujumlar stadionda yig'ilgan tomoshabinlarni ancha larzaga soldi. Lekin, barcha urinishlarimiz yakunda samara bermadi. Shunday qilib shiddatli va murosasiz kechgan viloyat derbisida tomonlar durang natijaga imzo chekdilar. Superliga 2-tur "Neftchi" - "Qo'qon-1912" 0:0 14.03.2025. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:30 Bosh hakam: Iligiz Tantashev Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Avaz Abdullaev Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov Nazoratchi: Jahongir Saidov VAR: Rustam Lutfullin AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova Komissar: Diyor Xotamqulov. "Neftchi": 25.Eldor Suyunov, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (17.Muhammadali G'iyosov, 57), 7.Abror Ismoilov (14.Jamshid Boltaboev, 66), 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohruh Gadoev (77.Bilolxon Toshmirzaev, 66), 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G'ofurov, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich (22.Toma Tabatadze, 57), 34.Farruh Sayfiev. Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 11.Quvondiq Ro'ziev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 24.G'ulomhaydar Gulyamov. "Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isoqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Jasur Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 8.Baxtiyor Qosimov, 14.Jasur Xolto'raev (23.Bekjon Jo'raboev, 84), 18.Bahrom Abdurahimov (10.Husniddin G'ofurov, 53), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov (20.Iqboljon Malikjonov, 84), 44.Andro Giorgadze, 69.Yegor Kondratyuk (11.Shahzod Beshimov, 64). Zaxira: 1.Rustam Nartadjiev, 9.Javohir Husanov, 15.Zafar Hakimov, 17.Alisher Xayrullaev, 30.Ibrohimjon Muxtorov. Ogohlantirishlar: Jasur Yoqubov 10, Bilolxon Toshmirzaev 89.

Ulashish

O'xshash yangiliklar