KEKSALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

"Neftchi" futbol klubi aʼzolari nafaqat sportda, balki, xalqimizning sahovatpeshalik kabi olijanob xislatlarini rivojlantirishda ham faollik koʻrsatib kelmoqdalar. Bugun kunning birinchi qismida ana shu olijanob anʼanalar davom ettirilib, Vitaliy Levchenko boshchiligidagi futbolchilar Fargʻona "Sahovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyini ziyorat qilib, tabarruk keksalar va nogironlar bilan suhbatlashdilar. Bu hayajonli uchrashuvda "Neftchi" bosh murabbiyi Oʻzbekistonda, shu jumladan, Fargʻona viloyatida sportning ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni futbolga jalb etish va ularning taniqli, mohir charm toʻp ustasi boʻlib yetishishlari uchun barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilayotganligini taʼkidlab, yoshlarimizda keksa avlod vakillariga nisbatan izzat-hurmat va sahovatpeshalik hislatlari yuksalib borayotganligidan mamnun ekanligini bayon etdi.Shundan keyin jamoa sardori Lutfulla Toʻraev yaratilgan imkoniyatlar va gʻamhoʻrliklardan unumli foydalanayotgan Fargʻona futboli millionlab muxlislar qalbini rom etib, mamlakatimizda, xatto chet ellarda dovrugʻ taratayotganligini zoʻr hayajon bilan soʻzlab berdi. Tantanada qatnashgan barcha sportchilar keksalar va nogironlarga uzoq umr, mustahkam salomatlik va baxt-saodat tiladilar.Oʻz navbatida internat uyi direktori Nigoraxon Asqarova mehmonlarni keksa va nogironlarga yaratilgan sharoit va qilinayotgan gʻamhoʻrliklar namunalari bilan tanishtirib, Oʻzbekiston yoshlariga xos mehr-sahovatlari uchun ularga chin yurakdan minnatdorchilik bildirdi. Yangi Oʻzbekiston xalqi yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida barcha sohalarda ulkan zafarlarga erishib, xalq farovonligini muntazam yuksaltirib borayotganligidan mamnun ekanligini bayon etdi. 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati




















