Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JAVOHIR QAHRAMONOV “NEFTChI" AʼZOSI !

22-dekabr, 2023·1 min o'qish
FB_IMG_1703247877118

Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun tajribali futbolchi Javohir Qahramonov "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda yarim himoyachi ampluasida harakat qiladigan boʻldi. Maʼlumot uchun, Javohir Qahramonov oʻtgan mavsumni Superliga vakili Jizzahning “Soʻgʻdiyona” jamoasida oʻtkazdi. Futbolchi mavsum davomida jami 25 uchrashuvda 2243 daqiqa harakat qilib, 6 ta gol urdi va 2 golga assistentlik qildi. J.Qaxramonov jizzahliklar tarkibida toʻrt yillik faoliyat yuritib, 101 uchrashuvda maydonga chiqdi va 19 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.Bundan tashqari futbolchi "Obod"," Dinamo", "Buxoro" va "Bunyodkor" kabi klublardagi faoliyati orqali muxlislarga tanish boʻlib ulgurgan. Javoxir Qaxramonov jamoamiz bilan shartnoma iizolagach: "Neftchi" qanday klubligini yaxshi bilaman, Fargʻonaga medallar uchun kurashish uchun keldim, tez orada fargʻonalik muxlislarga olam olam quvonch ulashish uchun qoʻlimdan kelgancha harakat qilaman! "Neftchi" OLGʻA! deb oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi! Jamoamiz va koʻp sonli muxlislarimiz nomidan Javohir Qahramonovga "Neftchi"dagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar