Yangiliklarga qaytish
Onlayn

JAMSHID BOLTABOYEV – “NEFTCHI" A’ZOSI

8-yanvar, 2025·1 min o'qish
IMG_20250108_151926_134

Yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish maqsadida "Neftchi" PFK rahbariyati tajribali va mahoratli yarim himoyachi Jamshid Boltaboyev bilan shartnoma imzoladi. Ma’lumot uchun: Jamshid Boltaboyev – 1996 yil 3 oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. "Paxtakor" futbol akademiyasida tahsil olgan yosh futbolchi faoliyatini mamlakatimizning “Paxtakor", "So‘g‘diyona" va "Navbahor" kabi grand jamoalarida olib bordi. Yangi futbol mavsumida farg‘onaliklar sharafini himoya qiladigan Jamshid Boltaboyevga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Ulashish

O'xshash yangiliklar