JAMOAMIZNING BIRINChI DAVRA YaKUNLARI BOʻYIChA STATISTIKASI

"Neftchi” birinchi davra mobaynida oʻtkazilgan 13 uchrashuvning 6 tasini oʻz maydonida, 7 uchrashuvni esa safarda oʻtkazdi. Boʻlib oʻtgan uchrashuvlarning 6 tasida gʻalaba, 7 tasida durang natijaga erishilgan boʻlsa, Vitaliy Levchenko shogirdlari birinchi davrada umuman magʻlub boʻlishmagan. Neftchilar raqiblar darvozasiga 20 ta toʻp kiritib, oʻz darvozalaridan 10ta gol oʻtkazib yubordi. Jamoamiz 4 marta penalti tepish imkoniga ega boʻldi. Shuningdek, 1 marta darvozamiz tomon penalti belgilandi. Oʻtkazilgan oʻyinlarda jamoamiz tomonidan avtogol qayd etilmagan. "Neftchi " oʻyinchilari 25 marta hakamlar tomonidan ogohlantirildi, yarim himoyachimiz Nurillo Toʻhtasinov esa 1 marta qizil kartochkaga loyiq deb topilgan, Qoʻlga kiritilgan 6 ta gʻalabaning 3 tasi uy uchrashuvlarida, 3tasi esa safar uchrashuvlarida qoʻlga kiritildi. Safarda boʻlib oʻtgan 7 uchrashuvning 3tasida gʻalaba, 4tasida durang bilan yakunlangan. “Neftchi” uy va safar uchrashuvlarining barchasida umuman magʻlub boʻlmadi, Birinchi davra uchrashuvlarida jamoamizning eng yirik gʻalabasi 1-turda qayd etildi. "Metallurg" - "Neftchi" 0:3. "Neftchi" futbolchilari uy uchrashuvlarida 8ta gol kiritib, safardagi bahslarda esa raqiblar darvozasini 12 marta ishgʻol etishdi. Darvozabonlar uy uchrashuvlarida oʻzlari qoʻriqlagan darvozalardan faqat 5ta toʻp olib chiqishdi. Safar uchrashuvlarda ham huddi shunday, 5ta gol oʻtkazib yuborishgan. Shulardan 1tasi penaltidan.Toʻplangan 25 ochkoning 12tasi uy uchrashuvlarida, 13tasi safardagi uchrashuvlarda qoʻlga kiritildi. Boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda jamoa tarkibida maydonga tushgan eng yosh oʻyinchi — yarim himoyachi Vladimir Nazarov boʻldi, 21 yosh. Yoshi katta oʻyinchi esa himoyachi - Lutfulla Toʻraev, Mirzoxid Gʻofurov boʻldi. Maydonda eng vaqt oʻtkazgan oʻyinchi Toma Tabatadze boʻlib chiqdi. Futbolchi maydonda 1125 daqiqa mobaynida harakat qilgan boʻlsa, undan keyingi koʻrsatkich Mirzoxid Gʻofurovda.U 1075 daqiqa xarakat qildi. Birinchi davrada murabbiylar 21 nafar futbolchi xizmatidan foydalanishdi. Ulardan 2 nafari darvozabon, 7 nafari himoyachilar, 8 nafari yarim himoyachilar va 4 nafari hujumchilar. Shuningdek, jamoamiz birinchi davrada "Istiqlol" stadionida oltita tur uchrashuvlarini oʻtkazishdi. Unda jami 77573 muxlis ishtirok etdi. Bu esa, har oʻyinga 12928 muxlis tashrif buyurdi degani va bu natija Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi Jamoamiz safida eng yaxshi toʻpurarlik Toma Tabatadzega nasib qildi. Uning xisobiga 6 ta gol yozildi. Himoyachimiz Muxsin Ubaydullaev xakamlarning eng koʻp nazariga tushgan futbolchisi xisoblanadi. Ubaydullaevga 4 bora ogohlantirish kartochkasi koʻrsatilgan . 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati