JAMOAMIZ XAYRLI IShGA QOʻL URDI
15-mart, 2023·1 min o'qish

"Neftchi" futbol klubi yoshlarni, ayniqsa salomatligi nochor bolalarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ibratli ishlarni ham amalga oshirmoqda. Bugun futbolchilar oʻz rahbarlari boshchiligida Fargʻonadagi aqli zaif bolalar maktab-internatida boʻlib, ularning koʻnglini koʻtaradigan sovgʻa-salomlar hadya etishdi. Bosh murabbiy Vitaliy Levchenko bolalarni kirib kelayotgan Navroʻz bayrami bilan muborakbod etib, salomatlikni mustahkamlash uchun jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanish lozimligini taʼkidladi. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati https://youtu.be/GJNp6N9CCWU