Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JAMOAMIZ USTUNLIGIDA OʻTGAN BAHSDA JANGOVAR DURANG

22-oktabr, 2023·1 min o'qish
IMG_20231022_211138_049

Bugungi bellashuv jamoamizning tashabbusi va ustunligida oʻtdi desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki, oʻyin davomida yaratilgan qulay imkoniyatlardan neftchilar foydalana olishganida hisob yirik koʻrinishda boʻlishi tabiiy edi. Lekin, bugun ochiqchasiga omad yuz oʻgirdi. Darvozalarga kiritilgan har ikkala gollar ham birinchi boʻlimda yuz berdi. Hisobni Umar Adhamzoda ochgan boʻlsa, qoʻshib berilgan daqiqalarda mehmonlar javob toʻpini kiritishdi. Ikkinchi boʻlim ham toʻlaligicha jamoamizning bosimi va qator hujumlari ostida kechdi. Lekin, barcha xavfli vaziyatlarda yuzaga kelgan kuchli zarbalarimiz mezbonlarning himoya qoʻrgʻonini yorib, darvozalarini ishgʻol etishgacha bormadi va shu tariqa keskin kurashlarga boy oʻtgan bahsda 1:1 natijasi qayd etildi. Barcha jonkuyar muxlislarimiz nomidan futbolchilarimizga minnatdorchilik bildirib, keyingi bahslarda omad tilab qolamiz NEFTChI – SURXON 1:1 Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Isroil Imomnazarov VAR hakami: Ibrohim Ismoilov AVAR: Maksim Nechoxin Nazoratchi: Dmitriy Roman Komissar: Vladimir Nazarov Gol: Umar Adhamzoda (Bilol Toshmirzaev) 32, Sunnatulloh Hamidjonov (Tamirlan Jamalutdinov) 45+2, 1:1 "Neftchi": 12. Vladimir Nazarov, 2. Zoir Joʻraboev, 20. Anvarjon Gʻofurov, 21. Muxsin Ubaydullaev, 7. Umar Adhamzoda, 19. Mirzohid Gʻofurov (5. Tomislav Mrchela, 90+4), 28.Fozil Musaev (70. Abbosjon Gʻulomov, 67) 24. Gʻulom Haydar Gulyamov, 23. Diyor Turopov, 22. Giorgi Nikabadze (9. Ulugʻbek Hoshimov,57), 77. Bilol Toshmirzaev (40. Bachana Arabuli,67) Zaxira: 45. Akbar Toʻraev, 3. Nodirxon Neʼmatxonov, 10. Sunnatulla Abdullajonov, 11. Izzatilla Abdullaev, 13. Lutfulla Toʻraev, "Surxon": 1. Artyom Potapov, 2. Bobur Asqarov, 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 6. Artyom Sokal, 7. Dostonbek Tursunov, 10. Tamirlan Jamalutdinov ( 19. Nuriddin Hasanov,77), 15. Diyor Ramazonov, 18. Silvanus Nimeli (17. Jahongirbek Abdusalomov, 90), 25. Behzod Shamsiev, 27. Asilbek Jumaev ( 77. Asadbek Karimov, 70), 66. Behruz Shaydulov (5. Azizbek Pirmuhammadov, 70) Zaxira: 86. Davron Merganov, 4. Shahzod Tairov, 9. Muhammad-Ali Abdurahmonov, 72. Ismadiyor Ummatov, 99. Kamron Saidazimov Ogohlantirish: Sunnatulloh Hamidjonov ("Surxon"), Behzod Shamsiev ("Surxon") 90+6, Asadbek Karimov ("Surxon") 90+7 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar