JAMOAMIZ USTUNLIGIDA KECHGAN BAHSDA JANGOVAR DURANG QAYD ETILDI

Kutilganidek, bugungi o'yin jamoalarning ehtiyotkorligi bilan boshlandi va bo'lim o'rtalarigacha deyarli golga tortadigan vaziyat yuzaga kelmadi. Birinchi bo'limning ikkinchi yarmida esa jamoamiz a'zolari asta-sekin tashabbusga erishib, burchak to'piga ega bo'lishdi. Burchak zarbasi amalga oshirilganda to'p Xusayn Norchaevga kelib tushdi va hujumchimiz boshi bilan aniq zarba berib hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi 1:0. Goldan so'ng ikki daqiqa o'tgach Xusayn Norchaev mehmonlarning hatosidan foydalanib darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borib to'pni chiroyli uslubda darvozabondan tepalatib zarba berdi. Ammo uning yo'llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi. Shundan so'ng tashabbus mehmonlar tomoniga o'tdi va 37-daqiqaga kelib termizliklarning o'yinchisi Sunnatilloh Hamidjonov himoyachilarimiz tomonidan bo'sh qolib ketgan huddudda to'pni egallab olib zarba berdi. Bu vaziyatda Botirali Ergashev ham muqarrar goldan qutqarib qolishga ojizlik qildi 1:1.Ushbu hisob tanaffusga qadar o'zgarmadi. Ikkinchi bo'limda murabbiylarimiz maydonga yangi o'yinchilarni tushirishga qo'l urishdi va jamoamiz o'yinida jonlanish paydo bo'ldi. Ikkinchi bo'limning deyarli asosiy qismi ham vakillarimiz ustunligida o'tdi. Ko'plab golli vaziyatlarni yaratgan jamoamizga shu kuni aniqlik va omad yetishmadi. Farg'onaliklar ustunligida kechgan bugungi uchrashuv jangovar durang 1:1 natijasi bilan yakun topdi. "Neftchi" – "Surxon" 1:1 15 iyuni. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 20:00 Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev Qanot hakamlari: Rishat Nugmanov, Shohnur Yo'ldoshev Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov VAR: Ahrol Risqullaev AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov Nazoratchi: Ma'mur Saidqosimov Komissar: Zoxir Akramxonov Gol: Husayin Norchaev (Sanjar Qodirqulov) 28, 1:0, Sunnatulloh Hamidjonov (Ulug'bek Hoshimov) 40 "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 8.Katalin Karp (24.G'ulom Haydar G'ulomov,46), 9.Husayin Norchaev, 11.Javohir Qahramonov, 14.Xurshidbek Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov ( 23.Diyorjon Turopov,89), 19.Mirzohid G'ofurov (55.Manuchexr Safarov, 46), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 70.Abbos G'ulomov, 99.Nsungusi Effiong. Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 10.Shohruz Norxonov, 18.Mixay Aleksandru Roman, 77.Bilolxon Toshmirzaev. "Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 3.Sunnatullox Xamidjonov, 4.Nodirxon Ne'matxonov, 7.Dostonbek Tursunov (20.Sardorbek Mahmudov,77), 8.Xumoyun Sherbo'taev, 9.Ulug'bek Hoshimov, 10.Dmitriy Pletnev ( 6.Behzod Shamsiev, 67), 14.Sarvar Abduhamidov ( 27.Asilbek Jumaev,77), 19.Muhammad Ali Abdurahmonov (77.Asadbek Karimov, 67), 23.Yegor Krimes (2.Bobirjon Asqarov, 46), 66.Behruz Shaydulov. Zaxira: 86.Davron Merganov, 15.Diyor Ramozonov, 22.Javohir Jo'raev, 99.Komron Saydazimov.