Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JAMOAMIZ "URAL"GA QARShI IKKI OʻRTOQLIK UChRAShUVI OʻTKAZADI.

29-iyun, 2023·1 min o'qish
IMG_20230629_202821_414

" Neftchi "jamoasi Oʻzbekiston Superligasining ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik koʻrish maqsadida Rossiya Premyer ligasi vakili Yekaterinburgning "Ural" klubiiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Bellashuvlarni shu yil iyul oyining boshlarida oʻtkazish koʻzda tutilgan. Uchrashuvlardan biri Fargʻonada, ikkinchisi Yekaterinburgda oʻtkaziladi. Ushbu oʻrtoqlik uchrashuvi haqida batafsil maʼlumot beriladi. Eslatib oʻtamiz, 2 iyul sanasida jamoamiz Oʻzbekiston Superligasi 8-turidan oʻrin olgan bahsda Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi "Istiqlol" stadionida maydonga chiqadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar