JAMOAMIZ UCHUN SEMINAR TASHKIL ETILDI

Jamoalar uchun “halol o'yin” va yangilangan futbol qoidalarini tushuntirish borasida o'tkazib kelinayotgan seminarlar davom etmoqda. Bugun 29 mart kuni navbatdagi turga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz a'zolari uchun ham seminar tashkil etildi. Unda "Neftchi" futbolchilari hamda murabbiylar shtabi ishtirok etdi. Seminarni tajribali hakam Doston Mirzaraimov olib bordi. U o'z tajribasidan kelib chiqib, seminar qatnashchilariga ma'ruza qildi. O'z navbatida futbolchilar ham o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan soha mutaxassisiga savollar yo'llab, qoniqarli javob olishga erishdi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240330_041147_109-300x225.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240330_041146_641-300x225.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240330_041146_740-300x225.jpg]