Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JAMOAMIZ TAʼTILGA ChIQDI

1-iyul, 2022·1 min o'qish
photo_2022-07-01_11-50-36

Xabaringiz bor, Superliganing 13-tur bahslari bilan birinchi davraga yakun yasaladi. Mazkur tur doirasida Ilhom Moʻminjonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoamiz vakillari "Surxon" klubi bilan 29 iyun sanasida bellashuvda ishtirok etishdi. Ikkinchi davra uchrashuvlari avgust oyidan davom etishini inobatga oladigan boʻlsak, tabiiyki, barcha jamoalar yozgi tanaffusga ravona boʻlishadi va ishlab chiqilgan rejaga binoan maʼlum muddatdan soʻng mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni davom ettirishadi. Shu jumladan, safarda "Surxon" bilan raqobatlashgan asosiy jamoamiz aʼzolariga 9 iyulga qadar taʼtil taqdim etildi. Taʼtilni yakunlab Fargʻonaga qaytgan futbolchilarimiz Qirgulidagi qarorgoh stadionida yigʻilib, ikkinchi davra oʻyinlariga tayyorgarlikni boshlab yuboradilar. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar