JAMOAMIZ SOBIQ A'ZOSI OLEKSEY LARINNING ARIZASI FIFA TOMONIDAN RAD ETILDI

Jamoamizda o'tgan ikki mavsumda harakat qilgan Ukrainalik legioner Oleksii Larin 2023 yilgi mavsum uchun qarzdorlik yuzasidan ayrim hujjatlarni vaj qilgan holda “Neftchi” futbol klubi ustidan FIFAga arz qildi, vaholanki Klub futbolchi oldidagi bir oylik ish haqi va 3 ta uchrashuv uchun mukofot pulidan qolgan qarzdorlikni bartaraf qilgan edi. Shunga qaramasdan, futbolchi klubdan qo'shimcha to'lov undirish yuzasidan FIFAga murojaat yo'llagan. O'z navbatida, joriy yilning 26 apreli kuni FIFA tomonidan O'FU va Klub huquqshunoslari tomonidan bildirilgan vajlar o'rganib chiqilib, O'FU va Oleksii Larinning vajlari asossiz ekanligi sababli murojaatni rad qilish to'g'risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, “Neftchi” futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar sababli ayrim futbolchilar oldida qarzdorliklar mavjudligini tan oladi va tez orada ushbu qarzdorliklar to'liq bartaraf etilishini ta'minlashini ma'lum qiladi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati