JAMOAMIZ O'RTOQLIK O'YINLARINI O'TKAZADI

Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffus paytida "Neftchi" murabbiylar shtabi ikkita o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni rejalashtirgan. 6 iyun payshanba kuni vakillarimiz dastlabki bellashuvida qo'shnilarimiz "Andijon" jamoasi bilan kuch sinashsa, 10 iyun dushanba kuni bizga yaqindan tanish bo'lib ulgurgan Qirg'iziston chempionati yetakchi klublaridan biri "Alay" jamoasiga qarshi bahs bo'lib o'tadi. Har ikki bellashuv Farg'onadagi "Neftchi" SK stadionida bo'lib o'tishini belgilangan. Fursatdan foydalanib, barcha jonkuyar ishqibozlarimizni ushbu o'rtoqlik bahslarida sevimli jamoamizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlash uchun chorlab qolamiz. "Andijon" jamoasiga qarshi bahs soat 18:00da start oladi!