Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JAMOAMIZ NAZORAT OʻYINIDA QATNAShDI

23-mart, 2023·1 min o'qish
IMG_20230323_205928_690

Superliganing 4-tur bahsiga Toshkentda tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" futbol klubi bugun oʻrtoqlik nazorat oʻyinida ishtirok etdi. Raqibimiz Pro liga vakili Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi boʻldi. Ushbu uchrashuvda bosh murabbiy Vitaliy Levchenko zaxirada qolib, oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagan futbolchilarga imkon yaratib berishga harakat qildi. Birinchi boʻlimda vakillarimizdan Murodbek Bobojonov hamda Yuriy Batyushinlarning kiritgan gollariga javoban temiryoʻlchilardan Rustam Soirov va Sanjar Qodirqulov gol muallifiga aylanishdi. Mazkur uchrashuv durang 2:2 hisobi bilan yakun topdi. Jamoamiz ushbu uchrashuvda quyidagi tarkibda xarakat qildi. "Neftchi":1 Asror Kenjaev, 70 Abbos Gʻulomov, 4 Andrey Mishchenko, 20 Anvar Gʻofurov (c), 3 Nodirxon Nemathonov, 5 Yuriy Batyushin, 28 Fozil Musaev, 17 Abdulloh Olimov, 10 Sunatilla Abdulajonov, 11Izatullo Abdullaev, 35 Murod Bobojonov Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar