Yangiliklarga qaytish
Onlayn

JAMOAMIZ «MAKTABDA FUTBOL» LOYIHASIDA QATNAShDI.

9-sentabr, 2023·1 min o'qish
IMG_20230909_232407_591

Ommaviy futbolni yanada rivojlantirish maqsadida bugun jamoamiz aʼzolari Fargʻona shahridagi 1-umumtaʼlim maktabda, Toshloq tumanidagi 33-maktabda boʻlishdi. Ushbu loyiha davomida maktab oʻquvchilari jamoamiz futbolchilari bilan birgalikda mahorat darslarida ishtirok etishdi. Tadbirning ikkinchi qismida maktab oʻquvchilari va jamoamiz vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi va ushbu bellashuv durang natijasi bilan yakun topdi. Futbol bahsidan soʻng Fargʻona FA vise-prezidenti Nosirbek Otaqoʻziev soʻzga chiqib, hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, “Maktabda futbol” loyihasi kelajakda yosh futbolchilarni kashf qilishiga xizmat qilishini aytib, maktab oʻquvchilari orasidan professional futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi. Tadbirda "Neftchi" FK ijrochi direktori Muhammadsalih Abdusattarov, klub futbolchilari Fozil Musaev, Abdulloh Olimov, Tomislav Mrchela, Asror Kenjaev va Doniyor Valievlar qatnashdi. Uchrashuv yakunida maktab oʻquvchilariga Fargʻona futbol assosiasiyasi va jamoamiz nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi https://youtu.be/ZGo-ETgaYOc?si=oZ1pq7m7-2MoXDpN 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar