JAMOAMIZ "JASORAT" KLUBI BILAN HAMKORLIKNI YO'LGA QO'YDI

"Neftchi" futbol klubi yoshlarni, salomatligi nochor bolalar va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash borasidagi ibratli ishlarni ham amalga oshirmoqda. Bugun futbolchilar, murabbiylar va klub raxbariyati boshchiligida Farg'onadagi “Futbol markazi"da viloyat "Jasorat" nogiron amputantlar futbol klubi bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv tadbirini ochgan viloyat futbol assosiasiyasi vise prezidenti Nosir Otaqo'ziev viloyatda millionlar o'yinini rivojlantirish, klublar o'rtasida muntazam hamkorlikni mustahkamlash va “Jasorat” nogiron amputantlar futbol klubiga yordam ko'rsatish kabi muhim masalalarga to'xtalib o'tdi. "Jasorat" futbol klubi O'zbekiston chempioni hamda kumush va bronza medallari sohibi hisoblanadi. Klubda hozirgi kunda O'zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchilar mavjud. Uchrashuvda “Neftchi” bosh murabiyi Vitaliy Levchenko so'zga chiqib, bu yil viloyatning bosh jamoasi oldiga qanday vazifalar qo'yilganligi va ularni bajarish yuzasidan hozirgacha nima ishlar qilinganligini bayon etish bilan birga, "Jasorat” klubi vakillarini jamoamizning Farg'onada bo'lib o'tadigan barcha uchrashuvlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish va futbolchilarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek jamoaning tayyorgarlik mashg'ulotlarini kuzatib, murabbiylar bilan fikr almashish imkoniyati lozimligini ta'kidladi.Uchrashuv juda samimiy ruhda o'tdi.Suhbatdan so'ng har ikkala jamoa a'zolari esdalik uchun birgalikda suratga tushdilar. Shundan so'ng" Jasorat " klubi vakillariga "Neftchi" jamoasi murabbiylari va futbolchilarining dashati tushirilgan futbol to'plari tantanali ravishda topshirildi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140614_861-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140614_856-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140614_236-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140614_390-300x264.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140614_863-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140614_196-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140614_069-300x253.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140614_715-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140624_864-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140625_201-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140624_967-287x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140625_370-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140625_463-265x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140625_007-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140614_743-300x233.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140614_898-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140624_878-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140625_585-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140624_740-300x272.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240326_140625_623-300x200.jpg]