Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JAMOAMIZ ILK NAZORAT UChRAShUVI OʻTKAZDI

11-yanvar, 2023·1 min o'qish
118-BAZ230111-118

Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga hozirlik koʻrayotgan Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi dastlabki oʻrtoqlik-nazorat uchrashuvida Polshaning "Visla" Krakov klubi bilan kuch sinashdi. Aytib oʻtish joiz, bugun Antalyada yomgʻir aralash kuchli shamol esgani tufayli mazkur bellashuv soʻroq ostida qolayotgan edi. Ammo, tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan ushbu bahsni kunning ikkinchi qismida oʻtkazilishiga kelishib olindi. Birinchi boʻlim polshalik futbolchilarning ustunligida oʻtgan boʻlsada, tanaffusga jamoalar 0:0 hisobidagi durang natija bilan yoʻl olishdi.Ikkinchi boʻlimda jamoamizda amalga oshirilgan bir qator oʻzgarishlar evaziga oʻyin surati biroz tenglashdi va futbolchilarimiz yevropaliklar darvozasi tomon tez-tez kombinasion hujumlarni tashkilashtirishga erishdilar. Lekin, kuchli shamol ostida oʻtgan ilk nazorat uchrashuvi nursiz durang (0:0) bilan yakunlandi. Bugungi oʻyin orqali murabbiylarimiz jamoani shakllantirish doirasida yangi kelib qoʻshilgan futbolchilarni koʻrikdan oʻtkazishmoqda . Jamoaga oid xabar va yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali berib borishda davom etamiz. Jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga chiqdi: R. Misyak, M. Ubaydullaev, O. Larin, A. Mishenko, Yu. Batyushin, U. Adxamzoda, A. Gʻulomov, D. Turopov, N. Toʻxtasinov, O. Sharkich, R. Murtazaev Ikkinchi boʻlimda esa jamoamiz quyidagi tarkibda maydonda xarakat qildi: D. Valiev, T. Tabatadze, Z. Joʻraboev, N. Neʼmatxonov, S. Abdullajonov, A.Olimov, I. Abdullaev, M. Gʻofurov, U. Xoshimov. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

143-BAZ230111-143086-BAZ230111-086124-BAZ230111-124118-BAZ230111-118113-BAZ230111-113111-BAZ230111-111106-BAZ230111-106
Ulashish

O'xshash yangiliklar