Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JAMOAMIZ IKKINCHI O‘RTOQLIK UCHRASHUVIDA HAM G‘ALABA QOZONDI.

17-iyul, 2022·1 min o'qish
IMG_8129

Bugun jamoamiz poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadionining zahira maydonida Pro liga vakili Jizzahning "Zomin" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv klub rasmiy saytining "Youtube" tarmog‘ida jonli efirda namoyish etildi Uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi, dastlab birinchi bo‘limda Zominliklar darvozamiz tomonga hujum uyishtirib, gol urishga muvaffaq bo‘lishdi Zominliklar tarkibida Diyor Yunusov himoyachimiz xatosidan unumli foydalandi, jamoamiz o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng birin ketin hujumlar uyishtira boshlashdi, biroq ko‘p vaziyatlarda raqib darvazaboni mahoratini ko‘rsatgan bo‘lsa aksar vaziyatlarda jamoamizga omad yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda jamoamiz bosh murabbiyi Vitaliy Grigorievich tarkibini to‘liq alishtirib, ko‘proq yoshlarga imkoniyat berdi bu esa o‘z samarasini berib, dastlab Sunnat Abdulajonov gol urib hisobni tenglashtirdi, Izzatillo Abdullaevning o‘yin so‘ngida urgan goli jamoamizga g‘alabani taqdim etdi. Bugungi uchrashuvni jamoamiz quyidagi tarkibda boshladi: 45 A. To‘raev 20 Z. Jo‘raboyev 44 D. Stanoevich 31 A. Mishenko 21 M. Ubaydullaev 17 A. Olimov 6 S. Qo‘ziev 7 O. Qilichev 19 M. G‘ofurov 99 U. Xoshimov 10 Sh. Ubaydullaev Zahiradagilar: M. Muhammadjonov Sh. Rahmonov J. Qobulov Sh. Hojimatov Nematxonov U. Adhamzoda X. Sherbo‘taev I. Abdullaev Sh. Karimov D. Madaminov S. Abdullajonov D.Valiev Jamoamiz tarkibida bir qator futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda. "Neftchi" PFK Matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar