JAMOAMIZ IKKINChI DAVRADA FAQAT "NASAF" JAMOASIDAN KAM OChKO TOʻPLADI.
4-oktabr, 2022·1 min o'qish

"Neftchi" Oʻzbekiston Coca Cola Cuperligasining ikkinchi davrasida faqat "Nasaf" jamoasidan kam ochko toʻpladi. Nasaf jamoasi ikkinchi davrada 15 ochko toʻplagan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni 14 ochko toʻplagan xolda "Paxtakor" va "Neftchi" jamoamiz boʻlishib turibdi. Toʻplar nisbatiga koʻra "Paxtakor"da 11-6 "Neftchi" da 14-9 . Demak, jamoamiz soʻnggi yetti uchrashuvda qoniqarli natija koʻrsatib kelayotganligini payqash mushkul emas. Vitaliy Levchenko shogirdlari keyingi uchrashuvni "Olimpik" jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 8 Oktyabr kuni Toshkentdagi "JAR" stadionida boʻlib oʻtadi. "Neftchi" PFK matbuot hizmati