JAMOAMIZ IKKIGA BOʻLINGAN HOLDA OʻYIN OʻTKAZDI.

"Neftchi"ning Superliga 19-tur doirasida "Turon" jamoasiga qarshi kechadigan bellashuvi boshqa sanaga koʻchirilganligi bois, bugun jamoamiz aʼzolari Qirgulidagi qarorgoh stadionida ikkiga boʻlingan holda ikki tomonlama uchrashuvda ishtirok etdilar. Sariq hamda yashil rangli liboslarda harakatlangan futbolchilar birinchi boʻlimda bittadan toʻp kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Hisobni Mirzohid Gʻofurov ochgan boʻlsa 1:0, koʻp oʻtmay Bilolxon Toshmirzaev muvozanatni tikladi 1:1. Ikkinchi boʻlimda murabbiylarimiz tarkiblarni rokirovka qilishdi. Birinchi boʻlimda sariq libosda harakat qilgan Bachana Arabuli va Gʻulom-Haydar Gʻulomovlar yashillar tarkibiga oʻtkazilgan boʻlsa, Diyor Turopov hamda Bilolxon Toshmirzaevlar sariq ranglilar safida toʻp surishdi va oʻyinning 54-daqiqasida aynan Diyor Turopov tomonidan olisdan berilgan kuchli zarba gol bilan yakunlandi 2:1. Sariq liboslilar ustunligida kechayotgan uchrashuvda navbatdagi golni Umar Adhamzoda kiritib, hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirdi. Oradan koʻp oʻtmay yashillar safida toʻp surgan Fozil Musaev olis masofadan zarba yoʻllab, oradagi farqni biroz qisqartirdi 3:2. Ushbu hisob oʻyin yakuniga qadar oʻzgarmadi. "Neftchi"(Sariqlar) 🟡3➖2🟢"Neftchi" (Yashillar) Qirguli, "Neftchi" SK stadioni Gollar: Mirzohid Gʻofurov, 27'(1:0), Bilolxon Toshmirzaev, 32'(1:1), Diyor Turopov, 54'(2:1), Umar Adhamzoda,77'(3:1), Fozil Musaev, 83'(3:2) "Neftchi" sariqlar: 🟡 45.Akbar Toʻraev, 2.Zoir Joʻraboev, 20.Anvar Gʻofurov. 21.Muxsin Ubaydullaev, 19.Mirzohid Gʻofurov, 7.Umar Adxamzoda, 13.Lutfulla Toʻraev, 24.Gʻulom-Haydar Gʻulomov, 8.Sharof Muhiddinov, 40. Bachana Arabuli, 22.Georgiy Nikabadze. "Neftchi" yashillar: 🟢 1.Asror Kenjaev. 3.Nodirxon Neʼmatxonov. 14.Rahmonjon Roʻziev. 5.Tomislav Mrchela, 66.Doniyor Valiev, 70.Abbos Gʻulomov, 17.Abdulloh Olimov, 28.Fozil Musaev, 23.Diyor Turopov, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 10.Sunnatilla Abdullajonov. Zaxiradan qoʻshilganla: 33.Abdulvosid Vosidjonov, 27.Muhammadali Xolmatov, 15.Muxsin Bozorov. 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati