Yangiliklarga qaytish
Onlayn

JAMOAMIZ IKKIGA BOʻLINGAN HOLDA NAZORAT UChRAShUVI OʻTKAZDI.

8-sentabr, 2023·1 min o'qish
IMG_20230908_215324_178

FIFA kunlari munosabati bilan vujudga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Superliga jamoalari oʻrtoqlik uchrashuvlarini rejalashtirishgan. "Neftchi" jamoasi 12 sentyabrda Oʻshning "Alay", 16 sentyabr kuni esa" Andijon" klubi bilan oʻrtoqlik bahslari oʻtkazadi. Shu bahslarga tayyorgarlik yuzasidan bugun jamoa ikkiga boʻlingan holda sariq va yashil liboslarda harakatlanib nazorat-sinov bellashuvini tashkil etdi. Uchrashuvning boshlanish qismi yashillar faolligi va hujumlari ostida kechib, 25-daqiqada ular tomonidan hisob ochildi. Golga yosh va isteʼdodli futbolchimiz Muhammadali Xolmatov mualliflik qildi. Oʻtkazib yuborilgan goldan soʻng sariq libosdagi futbolchilar oʻyinga qoʻshib, birin-ketin xavfli hujumlarni tashkil etishdi va birinchi boʻlim oxiriga kelib ketma-ket ikkita toʻp kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Sariq libosdagilardan Bachana Arabuli hamda Sharof Muhitdinovlar gol muallifiga aylandilar. Ikkinchi boʻlimda asosiy tarkib oʻyinchilaridan iborat sariq libos futbolchilari oʻyinni kuchaytirishda davom etishdi va gruziyalik legioner Bachana Arabuli oʻng qanotdan tezkor hujum orqali jarima maydonchasi ichiga oshirilgan toʻpga egalik qilib uchinchi golni kiritdi. Koʻp oʻtmay sahnaga ikkinchi gruziyalik legionerimiz Giorgiy Nikabadze chiqib keldi va himoyachilarning hatosidan unumli foydalanib Asror Kenjaev qoʻriqlayotgan darvozani aniq nishonga olgan holda hisobni yiriklashtirdi. Lekin, yashillar ham faollik hisobiga tezkor hujum tashkil etgan vaziyatda Bilolxon Toshmirzaev toʻp kiritib, hisobni qisqartirdi. Bunga javoban Giorgiy Nikabadze va Bachana Arabuli Asror Kenjaevni yana bir bor ranjitib, ketma-ket ikkita toʻp kiritishga muvaffaq boʻldilar. Yakuniy hisob 6:2 sariq libosdagilar foydasiga. Sariq libosdagilar:Akbar Toʻraev, Tomislav Mrchela, Umar Adhamzoda, Lutfulla Toʻraev, Mirzohid Gʻofurov, Anvarjon Gʻofurov, Muxsinjon Ubaydullaev, Giorgiy Nikabadze, Bachana Arabuli, Sharof Muhitdinov, Gʻulom-Haydar Gʻulomov. Yashil libosdagilar: Asror Kenjaev, Oleksiy Larin, Nodir Neʼmatxonov, Abbosjon Gʻulomov, Doniyor Valiev, Muhammadali Xolmatov(Xumoyun Bozorboev), Fozil Musaev, Bilolxon Toshmirzaev, Sunnatilla Abdullajonov, Abdulloh Olimov, Izzatilla Abdullaev(Abdulvosid Vosidjonov) Gollar: Muhammadali Xolmatov,(0:1), Bachana Arabuli,(1:1), Sharof Muhitdinov,(2:1), Bachana Arabuli,(3:1), Giorgiy Nikabadze,(4:1), Bilolxon Toshmirzaev,(4:2), Giorgiy Nikabadze,(5:2), Bachana Arabuli (6:2) "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar