JAMOAMIZ FARGʻONA DERBISIGA TAYYoRGARLIK KOʻRMOQDA
31-iyul, 2022·1 min o'qish

Ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgan "Neftchi" jamoasi tayyorgarlikning soʻngi bosqichini Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida olib bormoqda, Vitaliy Levchenko shogirdlari 2 avgust kuni Oʻzbekiston tumanidagi Yaypan shaxarchasida joylashgan "Oʻzbekiston" stadionida Qoʻqonning "Qoʻqon 1912" jamoasi bilan Coca Cola superligasining navbatdagi turida maydonga chiqishadi. Bugun jamoa tayyorgarlik jarayonida jismoniy va taktik jihatlarga urgʻu bergan holda mashgʻulot olib borishdi. Quyida bugungi olib borilgan mashgʻulotlar jarayonidan olingan fotolavhalarni siz muxlislarga havola etamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati






















