Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JAMOAMIZ "BUNYoDKOR" BILAN DURANG OʻYNADI.

24-fevral, 2023·1 min o'qish
IMG_20230224_203015_944

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini Toshkent shahrida oʻtkazayotganligi xaqida xabar berib oʻtgan edik. Bugun jamoamiz tayyorgarlik doirasida soʻnggi nazorat bahsida ishtirok etdi. Yopiq eshiklar ostida oʻtgan uchrashuvdagi raqibimiz Toshkent shahrining "Bunyodkor" klubi boʻldi. Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan mazkur bellashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlab, 1:1 hisobidagi duranga imzo chekishdi. Jamoamizning legioner hujumchisi Toma Tabatadze fargʻonaliklarning yagona goliga mualliflik qildi. "Neftchi" 1:1 "Bunyodkor" Toshkent shahri. Gollar: J. Hakimov 70 0:1, T. Tabatadze 85 1:1. "Neftchi": Akbar Toʻraev, Zoir Joʻraboev, Aleksey Larin, Muhsin Ubaydullaev, Umar Adhamzoda, Mirzohid Gʻofurov, Gʻulomhaydar Gʻulomov, Nurillo Toʻxtasinov, Diyor Turopov, Ulugʻbek Hoshimov, Toma Tabatadze. Zaxiradan qoʻshildi: Vladimir Nazarov, Rahmonjon Roʻziev, Andrey Mishenko, Doniyor Valiev, Abbos Gʻulomov, Abdulloh Olimov, Fozil Musaev, Sunnatilla Abdullajonov, Yuriy Batyushin, Izzatilla Abdullaev, Murod Bobojonov. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar