JAMOAMIZ BOLGARIYa KLUBINI MAGʻLUB ETDI.

Bugun Antalya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrayotgan jamoamiz navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga chiqdi. Bu safargi raqib Bolgariyaning ikkinchi ligasi peshqadamlaridan biri "Krumovgrad" klubi boʻldi.Qiziqarli jamoamizning toʻliq ustunligida oʻtgan ushbu bahsda jamoamiz 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. "Neftchi" jamoasidan gollarga Fahriddin Muhammadov va Anvar Gʻofurovlar mualliflik qilishdi. Birozdan soʻng jamoamiz Polshaning "Radamyak" klubiga qarshi maydonga chiqadi. "Neftchi" 2:0 "Krumovgrad" (Bolgariya) Antaliya shahri. "Trening" stadioni. "Neftchi": R.Misyak (Shuxratillo Rahmonov 46), Anvar Gofurov, Nodir Neʼmatxonov,Raxmonjon Ruziev, Doniyor Valiev, Muxsin Ubaydullaev, Gʻulomxaydar Gʻulomov, Sunnatillo Abdullajonov (Fozil Musaev 46), Abdulloh Olimov,Fahriddin Muxammadov, Ulugʻbek Xoshimov. "Neftchi" PFK jamoasi