JAMOAMIZ BIR OYLIK TAʼTILGA ChIQDI

Birinchi davradagi qoniqarsiz natijalardan soʻng ikkinchi davradan ishga kirishgan yangi bosh murabbiy Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoamiz oldiga Superligada qolish vazifasi qoʻyilgan edi. Guvoh boʻlganimizdek, jamoamiz mazkur vazifani uddalab, mavsumni koʻtarinki ruxda yakunladi va shundan soʻng futbolchilar taʼtilga yoʻl olishdi.Chempionat davomida jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan futbolchilar deyarli bir oy davomida taʼtilda boʻlib, shu yilning 12 dekabr kuni Fargʻonadagi qarorgohimizda yigʻilishadi va yangi mavsum uchun tayyorgarlik mashgʻulotlarini boshlab yuboradi. Murabbiylar shtabining rejasiga koʻra, jamoamizning amaldagi futbolchilari bilan kelasi mavsum uchun yangi shartnomalar yuzasidan muzokalar olib borilmoqda. Shuningdek, taʼtildan soʻng jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilarni ham koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha seleksiya jarayoni olib borilishi rejadan oʻrin olgan. "Neftchi" PFK matbuot xizmati