Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JAMOAMIZ ANTALYaGA YeTIB BORDI.

7-yanvar, 2023·1 min o'qish
20221102184248_084A9341

Jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Turkiyada davom ettirish uchun Antalya shahriga yetib bordi va mahalliy "Royal Signus Kundu" mehmonxonasiga joylashdi. Ertaga oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari doirasida Vitaliy Levchenko shogirdlari jismoniy tayyorgarlik boʻyicha mashqlarga kirishadilar. Safarda boʻlib oʻtadigan ikkinchi bosqich jarayonida qatnashish uchun Vitaliy Levchenko qoʻl ostidagi murabbiylar shtabi quyidagi futbolchilarni jalb etdi: Akbar Toʻraev, Shuhratillo Rahmonov, Abdulloh Olimov, Muhsin Ubaydullaev, Sunnatilla Abdullajonov, Lutfulla Toʻraev, Doniyor Valiev, Fahriddin Muhammadov, Fozil Musaev, Umar Adhamzoda, Ulugʻbek Hoshimov, Mirzohid Gʻofurov, Anvar Gʻofurov, Nodirxon Neʼmatxonov, Raxmonjon Roʻziev, Oleksey Larin, Andrey Mishenko, Nurillo Toʻxtasinov, Abbos Gʻulomov, Diyor Turopov, Zoir Joʻraboev, Izzatilla Abdullaev, Toma Tabatadze. Maʼlumot oʻrnida, Turkiyadagi yigʻinlar doirasida koʻrikdan oʻtish uchun mashgʻulotlarga yangi futbolchilarni taklif etish koʻzda tutilgan. Jamoamiz haqida soʻnggi yangiliklar ushbu sahifa orqali berib boriladi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar