JAMOA RAHBARI NAVBATDAGI UChRAShUV OLDIDAN JAMOAMIZGA OMAD TILADI
16-mart, 2023·1 min o'qish

"Neftchi" jamoasi 18 mart kuni Superliganing 3-turida Jizzahning "Soʻgʻdiyona" jamoasi bilan bellashadi. Ushbu uchrashuv Zomin shahri stadionida boʻlib oʻtadi. Bugun "Neftchi" klubi rahbariyati va viloyat futbol assosiasiyasi mutassadilari safar oldidan futbolchilar bilan maslahat uchrashuvi oʻtkazdilar. Yigitlarga "Soʻgʻdiyona" klubi azaldan shiddatli, maydonda jon jahdi bilan harakat qiladigan jamoa ekanligi, unga qarshi hushyorlik va mahorat bilan harakat qilish kerakligi, muxlislarimizni xushnud etadigan natijaga erishish lozimligi uqtirib oʻtildi. Oʻz tomonidan futbolchilar bunga tayyor ekanlikliklarini izhor etdilar. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati