Yangiliklarga qaytish
Onlayn

JALOLIDDIN JUMABOEV “NEFTChI" AʼZOSI !

3-yanvar, 2024·1 min o'qish·2
IMG_20240103_190915_339

Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun mahoratli futbolchi Jaloliddin Jumaboev "Neftchi" jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning himoya chizigʻida harakat qiladigan boʻldi. Maʼlumot uchun, Jaloliddin Jumaboev oʻtgan mavsumni Oʻzbekiston Pro ligasida Toshkentning “Lokomotiv” klubida oʻtkazdi. Futbolchi Pro ligada jami 18 uchrashuvda 1524 daqiqa harakat qilib, 3 gol urishni uddasidan chiqdi. Jaloliddin Jumaboevga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar