Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"ISTIQLOL" STADIONIDA IKKINChI DAVRAGA TAYYoRGARLIK IShLARI BOShLANDI

8-iyul, 2023·1 min o'qish
istiqlol-stadium

Xabaringiz bor, Superliganing birinchi davrasi yakuniga yetdi. Shu sababli Fargʻona shahrida joylashgan muhtasham "Istiqlol" stadionida ikkinchi davra uchun stadion maysalarini shay holatga keltirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Stadion xodimlari va maydon agronomlari maysani yanada yaxshilash va ikkinchi davrada ham jamoamiz ishtirokidagi oʻyinlarda sifatli futbol namoyish etish uchun xizmat qilishi nazarda tutilgan. Eslatib oʻtamiz, jamoamiz birinchi davrada "Istiqlol" stadionida oltita uy uchrashuvlarini oʻtkazdi. Unda jami 77573 muxlis ishtirok etdi. Bu esa, har oʻyinga 12928 muxlis tashrif buyurdi degani va bu natija Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi https://youtu.be/8ceQlrVuE9A 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar