ISHONCHLI GʻALABA!

Bugungi uchrashuv jamoamizning faol harakatlari bilan boshlandi va vakillarimizning hujumlari ko‘proq qanotlardan amalga oshirildi. Bu hujumlarda o‘zining faol harakatlari bilan ajralib turgan tajribali futbolchimiz Gʻulom-Haydar Gulamov 14-daqiqaga kelib mehmonlar himoyachisi Salim Mustafoyevga nisbatan qo‘pol o‘ynaganligi uchun bosh hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylandi va maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi.Shundan so‘ng kamchilikda bo‘lib qolgan jamoamiz aslo tushkunlikka tashmay oldinga intilishda davom etdi va 27-daqiqada mehmonlar jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to‘pga yaqin turgan tojikistonlik legionerimiz Manuchehr Safarov qoyilmaqom zarba yo‘llab "Dinamo" darvozasini ishg‘ol etdi 1:0. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng mehmonlar tezkor harakatlanishga o‘tishdi va bu harakatlar 32-daqiqada o‘z samarasini berdi. Jarima maydonchamiz ichiga oshirilgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan braziliyalik Fransisko Fereyra aniq zarba bilan darvozamizni ishg‘ol etib, uchrashuvda hisobni tenglashtirdi 1:1. Ammo, futbolchilarimiz bo‘sh kelmay, yana hujumga zo‘r berishdi va bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Aziz Amonov jamoamizni oldinga olib chiqishga yaqin kelgan edi, u himoyachilardan o‘zib ketib darvozabon bilan yakkama yakka chiqib borib zarba berdi. Lekin bu vaziyatda Ravshanbek Yagudin mehmonlarni muqarrar goldan saqlab qolishga erishdi va shu bilan jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi. Ikkinchi bo‘limda voqealar rivoji shiddatli tus oldi va tez-tez qarshi hujumga o‘tgan vakillarimiz 62-daqiqaga kelib yana hisobni oshirishga muyassar bo‘lishdi. Bu vaziyatda burchak zarbasi amalga oshirilganda qulay pozisiyaga chiqqan hujumchimiz Shohruz Norxonov boshi bilan chiroyli tarzda to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi 2:1. Hisobni tenglashtirishga kirishgan mehmonlar ko‘p vaziyatlarda vakillarimizning xavfli qarshi hujumlarini o‘tkazib yuborishdi va oxir-oqibat o‘z jarima maydonchalari ichida nigeriyalik hujumchimiz Effiong Nsungusini yiqitishga majbur bo‘ldilar. Bu vaziyatni VAR orqali takror ko‘rib chiqqan Shavkat Nasibullayev 11-metrli penalti belgiladi. Jarima zarbasini esa Bilolxon Toshmirzayev aniq amalga oshirib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib chiqdi. Bellashuvning qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqasida samarqandliklar qarshi hujumda gol kiritib, hisobni qisqartirishdi 3:2 va shundan so‘ng final hushtagi yaggrab, o‘yinga nuqta qo‘yildi. Ta’kidlash joizki, ushbu uchrashuvda 10 kishi bo‘lib harakat qilgan futbolchilarimiz matonat ko‘rsatib barcha imkoniyatlarini ishga solgan holda ikkinchi davraning birinchi bellashuvidayoq g‘alaba nashidasini surishga muyassar bo‘ldilar. Barcha futbolsevar muxlislarimiz nomidan jamoamizni bugungi muhim g‘alaba bilan muborakbod etamiz. "Neftchi" - "Dinamo" 3:2 10 avgust 2024 yil. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni. 19:00 Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Isroil Imomnazarov VAR: Ibrohim Ismoilov AVAR: Anvar Marajabov Nazoratchi: Nabijon Ro'zimov Komissar: Shohruh Said. Gol: Manuchehr Safarov (Abbos G'ulomov) 27, 1:0, Joel Kojo 32, 1:1, Shohruz Norxonov (Quvondiq Ro'ziev ) 61, 2:1, Bilolxon Toshmirzaev (penaliti) 90+3, Hislat Halilov 90+7, 3:2 "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Boyan Siger, 20.Anvar G'ofurov, 70.Abbos G'ulomov, 55.Manuchehr Safarov, 30.Quvondiq Ro'ziev, 24.G'ulomhaydar G'ulomov, 11.Javohir Qahramonov (8.Sardor Abduraimov,89), 10.Shohruz Norxonov (99.Effiong Nsungusi, 64) 22.Aziz Amonov (77.Bilolxon Toshmirzaev, 73) Zaxira: 45.Akbar To'raev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 14.Xurshid Muxtorov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 66.Doniyor Valiev, 28.Bexruz Ablakulov, "Dinamo": 13.Ravshan Yagudin, 3.Ulug'bek Abdullaev ( 22.Sanjar Shoahmedov, 32), 4.Muhammadali Tursunov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Fransis Narx ( 77.Vohidjon Oqbo'taev, 68) 10.Joel Kojo, 17.Salim Mustafoev (30.Abubakir Mo'ydinov,60), 20.Jurani Frasisko Fereyra, 21.Anvarjon Xojimirzaev, 44.Dushan Miyich, 70.Maykon Da Siliva (9.Xumoyunmirzo Iminov, 46) ( 8.Hislat Halilov, 68) Zaxira: 1.Farhod Rahmatov,11.Markos De Oliveyra, 14.Bahodir Nasimov, 18.Dilshod Rahmatullaev, Ogohlantirish: Duglas Maykon ("Dinamo"), Muhammadali Tursunov ("Dinamo") 90+3 Chetlatish: G'ulom Haydar G'ulomov ("Dinamo") 16, Muhammadali Tursunov ("Dinamo") 90+3