Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ISHONCHLI G'ALABA!

24-mart, 2024·1 min o'qish
IMG_20240324_184522_629

Superliga chempionatida davom etayotgan tannafusdan unumli foydalanib, o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarini rejalashtirgan sevimli jamoamiz bugun ikkinchi xalqaro bellashuvida ishtirok etdi. Bu safar Tojikiston oliy divizion vakili "Xo'jand" klubi "Neftchi"ga raqiblik qildi. Birinchi bo'lim deyarli teng kurashlar ostida kechayotgan va jamoalar tanaffusga durang natija bilan yo'l olishadi, deya xulosa chiqarib turgan muxlislar sahnaga ruminiyalik Mixay Roman kirib kelishiga guvoh bo'ldilar. 33-daqiqada jarima to'piga ega bo'lgan vakillarimiz zarbani ijro etishni Mixay Romanga ishonib topshirishdi va futbolchi jonli devor ustidan yo'llagan zarbasi chiroyli tarzda darvoza to'ridan joy egallab, farg'onaliklarni hisobda ollinga olib chiqdi 1:0. Ushbu minimal hisob tanaffussha qadar o'zgarmadi. Ikkinchi bo'limda murabbiylarimiz zaxirada bo'lgan barcha o'yinchilarni maydonga tushirdilar va ular tomonidan 47-daqiqada tashkil etilgan chiroyli kombinasiya natijasida to'pga egalik qilgan G'ulom-Haydar Gulamov yaqin masofadan mehmonlar darvozasiga zarba yo'llab, ikkinchi to'pni kiritdi 2:0. Kiritilgan goldan so'ng o'yinda tashabbus to'laligicha mezbonlar tomoniga o'tdi va bir-biridan chiroyli kombinasiya va hujumlar uyushtirilishi oqibatida 81-daqiqaga kelib Bilolxon Toshmirzaevning driblingi va olisdan kuchli zarbasi tablodagi hisobni 3:0 ga o'zgarishiga sabab bo'ldi. Ushbu hisob o'yin oxirigacha saqlanib qoldi va vakillarimiz o'rtoqlik bellashuvida yirik g'alabaga erishib, chempionat bahslariga tayyorgarlikni ko'tarinki ruhda olib borishlariga umid qilib qolamiz. O'RTOQLIK UChRAShUVI 24 mart "Istiqlol" stadioni "Neftchi"-"Xo'jand" 3:0 Gollar: Mixay Roman, 33'(1:0), G'ulom-Haydar Gulamov, 47'(2:0), Bilolxon Toshmirzaev, 81'(3:0) "Neftchi": (Birinchi bo'lim) 35.Sanjar Quvvatov, 4.Boyan Siger, 21.Muxsin Ubaydullaev, 20.Anvar G'ofurov, 70.Abbos G'ulomov 19.Mirzoxid G'ofurov, 8.Ketelin Karp, 23.Diyor Turopov 11.Javoxir Qaxramonov, 99.Nsungusi Effiong, 18.Mixay Roman. Ikkinchi bo'lim jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga chiqadi: "Neftchi": (Ikkinchi bo'limda) 35.Sanjar Quvvatov, 3.Jaloliddin Jumaboev, 21.Muxsin Ubaydullaev (s), 14.Xurshid Muxtorov, 27.Muxammadali Xolmatov( 33.Shoxrux Yoqubjonov 70), 66.Doniyor Valiev, 17.Sanjar Qodirqulov, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 10.Shoxruz Norxonov, 28.Bexruz Oblakulov, 77.Bilolxon Toshmirzaev. Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko "Neftchi" PFK matbuot xizmati

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240324_184552_591-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240324_184553_001-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240324_184552_832-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240324_184552_824-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240324_184552_643-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240324_184552_870-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240324_184552_459-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240324_184552_534-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240324_184553_182-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240324_184553_104-300x200.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar