IKKINChI OʻRTOQLIK UChRAShUVIDA HAM DURANG !

Bugun Vitaliy Levcheneo shogirdlari Superliganing navbatdagi tur bahsiga tayyorgarlik olib borish jarayoni doirasida rejalashtirilgan ikkinchi nazorat-oʻrtoqlik bahsida maydonga tushdilar, Bu safargi raqib "Qoʻqon-1912" jamoasi boʻldi.Aytib oʻtish joizki,murabbiylar uchrashuv davomida har ikkala taymda barcha futbolchilarga imkon berishga harakat qilishdi. Bellashuv keskin kurashlar ostida kechgan boʻlsada, darvozalar daxlsizligi saqlangan holda, hisob nursiz durang bilan oʻz nihoyasiga yetdi. Endi navbat chempionat oʻyinlariga beriladi.Jamoamiz aʼzolari Superliganing 20-tur bahsini Toshkentda mahalliy "Lokomotiv" klibiga qarshi oʻtkazadi. Barcha jonkuyar muxlislarimiz nomidan sevimli jamoamizga kuch-quvvat,shijoat va omadlar yor boʻlishini tilaymiz. "Neftchi" — "Qoʻqon 1912" 27 sentyabr 2022 yil. Qoʻqon shahri "Markaziy" stadion. 16:00 Hakamlar: Doston Mirzarimov, Shoxruz Aʼzamov "Neftchi": 69.Yevgeniy Konyuxov, 8.Salamat Quttiboev (Muxsin Ubaydullaev), 26.Aleksey Larin(44.Darko Stanoevich), 31.Nodirhon Neʼmathonov, 22.Umar Adhamzoda(70 Abbos Gʻulomov, 38), 6.Sirojiddin Qoʻziev, 28.Fozil Musaev(77 Abror Ismoilov, 46), 19.Mirzohid Gʻofurov (88 Doniyor Valiev, 46), 13.Lutfulla Toʻraev(Doniyor Madaminov,46) 9.Sunnatillo Abdulajonov(46 Shahzod Ubaydullaev , 46),Izzatilla Abdullaev(76 Fahriddin Muxammadov, 46). Bosh murabbiyi: Vladimir Yejurov “Qoʻqon 1912” jamoasi tarkibi: 21.Islom Abdullaev 5.Slavko Lukich 6.Dilshod Rahmatullaev 8. Sanʼat Shixov 9.Andrey Sidorov 13.Sardor Azimov 14.Avazxon Mamatxoʻjaev 15.Oybek Rustamov 20.Murodjon Komilov 22.Sardor Yetvoqoʻziev 70.Bilolxon Toshmirzaev Bosh murabbiy : Davron Fayziev "Neftchi" PFK matbuot hizmati
























