IKKINChI BOSQICh TURKIYaDA BOʻLIB OʻTADI

Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi jamoamizning yangi futbol mavsumiga Toshkentda olib borilgan tayyorgarlikning birinchi bosqich jarayoni yakunlangan boʻlib, ayni damda futbolchilar qisqa taʼtilga chiqishgan boʻlsada, ularning har biriga alohida individual tarzda shugʻullanishlari uchun koʻrsatmalar berilgan. Shundan soʻng jamoa aʼzolari 3 yanvar kuni yana Toshkentda yigʻilib, uch kun mobaynida yengil mashgʻulotlarda ishtirok etishadi. Murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan tayyorgarlikning ikkinchi bosqich jarayonini oʻtash uchun "Neftchi" vakillari 6 yanvar sanasida Turkiyaning Antalya shahriga joʻnab ketishadi. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. "Neftchi" PFK matbuot xizmati