IKKINChI BOSQICh OLDIDAN

"Neftchi"ning Turkiyadagi yangi mavsumga tayyorgarlik mashgʻulotlari va yigʻinlarining birinchi bosqichi bugungi nazorat uchrashuvi bilan yakunlandi. Yurtdoshlarimizning Polshaning "Lexiya" jamoasi bilan boʻlgan jiddiy bahsda 0:1 hisobi qayd etildi. Bugundan boshlab futbolchilarga toʻrt kunlik taʼtil beriladi. 31 yanvardan Antalyadagi yigʻinlarning ikkinchi bosqichiga start beriladi. Bu bosqichda futbolchilarimiz yana bir qator nazorat uchrashuvlari oʻtkazishni rejalashtirishgan.Bu haqda yigʻinlar oldidan tegishli maʼlumotlar beriladi. "Neftchi" 0:1 "Lexiya" (Gdansk) Antaliya, Turkiya "Traning" stadioni Gol: Tomas Bobchek 75 0:1. "Neftchi": 12.Sanjar Quvvatov (Asror Kenjaev 46), 26.Jaloliddin Jumaboev(Boyan Siger 46), 20.Anvar Gʻofurov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 70.Abbos Gʻulomov, 19.Mirzohid Gʻofurov, 24.Gʻulomhaydar Gulyamov, 23.Diyor Turopov, 11.Javoxir Qaxramonov, 10.Shoxruz Norxonov( Sanjar Qodirqulov 46), 77.Bilolxon Toshmirzaev Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko "Neftchi" PFK matbuot xizmati