ICHKI DERBIDA TAJRIBA O‘Z SO‘ZINI AYTDI

ICHKI DERBIDA TAJRIBA O‘Z SO‘ZINI AYTDI
Uchrashuv kutilmaganda “Neftchi” U-21 jamoasining shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Tezkor bosim tez orada o‘z mevasini berishi mumkin edi: 3-daqiqadayoq Nurbek Sarsenbayev raqib himoyachilaridan qochib ketib, xavfli zarba yo‘lladi. Biroq bu vaziyatda asosiy tarkibning tajribali posboni Akbar To‘rayev ishonchli harakat qilib, to‘pni egallab oldi.
Yoshlar to‘xtashmadi va 7-daqiqada yana bir golli vaziyat yuzaga keldi. Bu safar yosh hujumchi Azizbek Muratov qulay pozitsiyadan darvozani nishonga oldi, ammo To‘rayev yana mahorat ko‘rsatib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.
Bo‘lim o‘rtalariga kelib, kattalar o‘yin tizginini qo‘lga olishdi va maydondagi kurash tenglashdi. Shunday vaziyatda “Neftchi”ning hujumkor yarim himoyachisi Abror Ismoilov uzoq masofadan kuchli zarba bilan hisobni o‘zgartirishga urinib ko‘rdi, biroq uning zarbasi noaniq chiqdi.
Birinchi bo‘lim yakunida yoshlar jamoasi baribir o‘z maqsadiga erishdi. O‘ng qanotdan uyushtirilgan chiroyli hujumni Azizbek Muratov gol bilan yakunlab, hisobni ochdi — 0:1.
O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng asosiy tarkib a’zolari tezkorlik bilan javob qaytarishga kirishdilar. Ularning xavfli kombinatsiyasi deyarli gol bilan tugashi mumkin edi, biroq Yovan Jokichning bosh bilan yo‘llagan kuchli zarbasi darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi. Natijada jamoalar tanaffusga yoshlarning minimal ustunligi bilan yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin sur’ati to‘liq o‘zgardi va maydonda asosiy tarkib futbolchilarining yaqqol ustunligi kuzatildi. Nazorat bahsi taqdirini murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan o‘yinchilar hal qilishdi.
Avvaliga Izzatillo Po‘latov raqib darvozasini ishg‘ol etib, muvozanatni tiklagan bo‘lsa (1:1), keyinchalik mahoratli hujumchi Stipe Peritsa ikki bor gol muallifiga aylanib, dublni rasmiylashtirdi (3:1). Uchrashuvga oxirgi chiroyli nuqtani esa Ratinyo qo‘ydi. Shu tariqa, tajriba bobida raqibidan ancha ustun bo‘lgan asosiy tarkib jamoasi ikkinchi bo‘limdagi faolligi evaziga 4:1 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
NAZORAT UCHRASHUVI
1-iyul | soat 20:00
Qirguli mavzesi, “Neftchi Arena” o‘yingohi
“NEFTCHI” 4:1 “NEFTCHI” U-21
Gollar: Azizbek Muratov, 32’ (0:1), Stipe Peritsa, 57’ (1:1), Izzatillo Po‘latov, 59’ (2:1), Stipe Peritsa, 72’ (3:1), Ratinyo, 77’ (4:1).
“Neftchi”:
45. Akbar To‘rayev (13. Abdulmo‘min Nurmuhammadov, 46), 20. Anvarjon G‘ofurov, 21. Muhsin Ubaydullayev, 2. Izzatillo Po‘latov, 5. Ikrom Aliboyev, 6. Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 23. Yovan Jokich, 9. Xurshid G‘iyosov, 7. Abror Ismoilov, 32. Zoran Marushich, 30. Rustambek Fomin.
Zaxirada:
13. Abdulmo‘min Nurmuhammadov, 4. Boyan Tsiger, 77. Ratinyo, 11. Asilbek Jumayev, 18. Stipe Peritsa, 8. Vladimir Yovovich.
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov.
“Neftchi” U-21:
16. Ibrohim Shokirov (74. Zikrilloh Hotamjonov, 82), 42. Muhammadsohib Tursunov (91. Abdulvosid Qo‘ldrshev, 46), 15. Nurmuhammad Abdug‘aniyev (50. Fayzullo Nurmuhammadov, 75), 28. Muhammadqodir Rasuljonov (97. Mirjalol Abdurahimov, 84), 40. Abdulloh Rashidov (73. Elsevar Olimov, 46), 44. Mo‘minxon Bahodirxonov, 19. Azizbek Yerimbetov (79. Asilbek To‘xtasinov, 59), 25. Omadillo Abdubannobov (66. Hasanboy Umirzoqov, 46), 17. Azizbek Muratov (57. Sanjar Maxsudbekov, 75), 29. Yahyobek Isaqov (76. Anvar Ahmadillayev, 46), 27. Nurbek Sarsenbayev (47. Salohiddin Abduno‘monov, 85).
Zaxirada:
74. Zikrilloh Hotamjonov, 78. Mujohidbek Olimov.
Bosh murabbiy: Roman Sanjar.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati