"HOKIM KUBOGI-2025" BOSHLANMOQDA!

Ertaga viloyatimizning Bag‘dod hamda Toshloq tumanlari stadionlarida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Hokim kubogi" musobaqalariga start beriladi. Musobaqa 5 fevraldan 13 fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Joriy yilgi turnirga 12 ta jamoa taklif etilgan bo‘lib, ularning barchasi vodiy jamoalarini tashkil etadi. Mazkur musobaqada jamoamizdan "Neftchi"(U-21) va "Neftchi"(U-19) yoshlari ishtirok etishadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, jamoalar uchta guruhga bo‘linib, 5 fevraldan 10 fevralgacha o‘zaro bahslarda to‘qnash kelishadi. Guruhda g‘olib chiqqan jamoalar 11 fevralda chorak finalda kuch sinashsa, 12 fevral kuni yarim final bellashuvlari va 13 fevralda "Hokim kubogi-2025" musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, har ikkala jamoamizning barcha guruh o‘yinlari Toshloq tumanidagi "Amir Temur" nomli stadionida o‘tkaziladi. 5 fevral soat 11:00 da "Neftchi"(U-21)—"Beshariq" 6 fevral soat 14:00 da "Neftchi"(U-19)—"Andijon"(U-21) Ko‘p sonli muxlislar nomidan ushbu turnirda ishtirok etadigan o‘rinbosarlar va yoshlar jamoamizga ulkan omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/02/IMG_20250204_130031_596-300x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/02/IMG_20250204_130031_668-300x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/02/IMG_20250203_221422_881-300x141.jpg]