Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"Hokim Kubogi - 2023"  musobaqasidagi navbatdagi raqibimiz aniqlandi.

30-yanvar, 2023·1 min o'qish
20230129143334_IMG_8019

"Fargʻona viloyati "Hokim Kubogi - 2023" musobaqasidagi navbatdagi raqibimiz aniqlandi. Turnirning "D" guruh vakillari bugun Quvasoy shahridagi "Sementchi" stadionida 3-tur uchrashuvlarini oʻtkazishdi.Kunning birinchi qismida Tojikistonning" "Xoʻjand" klubi Fargʻonaning "FarDU" jamoasi bilan uchrashib, 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Musobaqa taqvimiga koʻra "D" guruhining ikkinchi oʻrin sohibi Sergey Lebedev bosh murabbiyligidagi Fargʻona Davlat Universitetining "FarDU" klubi boʻlib chiqdi va ular chorak final bosqichida Aziz Alijonov boshchiligidagi "Neftchi" (U-21) jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur uchrashuv 1 fevral chorshanba kuni soat 11:00 da Fargʻona shahridagi "Toʻqimachi" stadionida boʻlib oʻtadi "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar