Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"HOKIM KUBOGI —2023" ERTAGA FINAL KUNI!

3-fevral, 2023·1 min o'qish
IMG_20230203_210528_147

Anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan "Hokim Kubogi-2023" musobaqasida bosh sovrin uchun kurash olib boradigan finalchilar nomi maʼlum boʻldi. Bugungi yarim final bahslarining dastlabki uchrashuvida "Neftchi"(U-21)-" Qoʻqon-1912" jamoalari kuch sinashib (1:2), qoʻqonliklar final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgan boʻlsa, ikkinchi yarim final bellashuvida "Zomin" jamoasi "Andijon" SGS klubiga imkoniyatni boy berdi (0:2). Shunday qilib, ertaga 4 fevral shanba kuni 3-oʻrin uchun "Neftchi"(U-21) hamda "Zomin" jamoalari oʻzaro bahs yuritishadi. Bosh sovrin uchun "Qoʻqon-1912" va "Andijon "SGS klublari kurashadilar. Eslatib oʻtamiz, har ikkala uchrashuv Fargʻonadagi BOʻSM (sobiq DYuSSh) futbol maydonida soat 11:00 va 14:00 da boʻlib oʻtadi. Barcha futbol ishqibozlarini musobaqaning yakuniy oʻyinlariga chorlab qolamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar