Yangiliklarga qaytish
Onlayn

HABIB SIROJIDDINOV "NEFTChI" KLUBINING PREZIDENTI ETIB TAYINLANDI.

28-sentabr, 2023·1 min o'qish
FB_IMG_1695904379779

Kecha "Istiqlol" stadionida Fargʻona viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov boshchiligida "Neftchi" jamoasining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda viloyat hokimi futbolni yanada rivojlantirish,"Neftchi" klubi qoʻlga kiritayotgan yutuqlarni koʻpaytirish va jamoaning Superliga musobaqalarida peshqadamlikni mustahkamlab olishini taʼminlash, buning uchun klub rahbariyati, futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar masʼuliyatini kuchaytirish masalalariga batafsil toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, viloyat hokimi klub prezidentligiga Habib Sirojiddinov tayinlanganligini eʼlon qildi. Ayni paytda Habib Sirojiddinov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda. "Neftchi" PFK jamoasi va koʻp ming sonli muxlislari nomidan Habib Sirojiddinovni prezidentlik lavozimi bilan samimiy muborakbod etamiz va unga klub faoliyatini yanada yuksaltirish yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ulashish

O'xshash yangiliklar