Yangiliklarga qaytish
Umumiy

GURUH BAHSIDA DURANG NATIJA

26-aprel, 2024·2 min o'qish
084A4604

O'zbekiston kubogi guruh bosqichining oxirgi tur uchrashuvini sevimli jamoamiz o'z maydonida Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qildi. Birinchi bo'limda mehmonlar biroz faolroq harakatlanib, o'yindagi tashabbusni qo'llariga olishdi va 18-daqiqaga kelib Sardor Abduraimovning olisdan yo'llagan zarbasi orqali hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi 0:1. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng futbolchilarimiz vaziyatni o'nglash uchun ketma-ket chiroyli kombinasiyalarni amalga oshirishni udallab, 27-daqiqada G'ulom-Haydar Gulamovning olis masofadan bergan zarbasini bekobodliklar posboni qaytarishga urindi. Lekin, to'p darvozaning to'qqizligidan joy egallab, tablodagi hisobni 1:1 ko'rinishiga olib keldi. Shu tariqa, har ikkala jamoaning barcha harakatlari samarasiz bo'lib chiqdi va durang natija bilan o'yinchilar tanaffusga yo'l olishdi. Ikkinchi bo'lim boshida murabiylarimiz bira to'la to'rtta o'yinchini almashtirishga qo'l urdilar. Maydonga zaxiradan Bilolxon Toshmirzaev, Diyorjon Turopov, Hurshid Muhtorov va Javohir Qahramonovlar tushirildi. Bu o'zgarishlar jamoamizning o'yiniga biroz jonlanish kiritdi va o'yinda ustunlikka erishgan vakillarimiz birin-ketin mehmonlar darvozasiga xavf solishga tushdilar.Bilolxon Toshmirzaev, Abbosjon G'ulomov va Mirzohid G'ofurovlarda raqiblar darvozasini ishg'ol etish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgan edi. Biroq, ularning zarbalariga aniqlik yetishmadi va yakunda uchrashuv durang 1:1 hisobi bilan o'z nihoyasiga yetdi. Shunday qilib, o'z guruhida 7 tadan ochko to'plagan har ikkala jamoa keyingi bosqichga yo'l oldilar. Barcha jonkuyar muxlislarimiz nomidan sevimli jamoamizga navbatdagi bellashuvlarda omad yor bo'lishini tilaymiz. "Neftchi" – "Metallurg" 1:1 26 apreli, juma. "Istiqlol" stadioni. 16:30 Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov Zaxira hakami: Olim To'ychiboev Nazoratchi: Timur Abdullaev Komissar: Mansur Sarimsoqov Gol: 0:1 — 18, Sardor Abduraimov (Sirojiddin Qo'ziev), 1:1 — 27, G'ulomhaydar G'ulomov. "Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 21.Muhsin Ubaydullaev (14.Xurshidbek Muxtorov, 46), 4.Boyan Siger, 20.Anvarjon G'ofurov, 8.Ketelin Karp, 24.G'ulomhaydar G'ulomov, 17.Sanjar Qodirqulov (23.Diyorjon Turopov, 46), 19.Mirzohid G'ofurov (s), 70.Abbos G'ulomov (66.Doniyor Valiev, 82), 18.Mixay Roman (77.Bilolxon Toshmirzaev, 46), 99.Effiong Nsungusi. Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 11.Javohir Qahramonov, 28.Behruz Oblaqulov, 33.Shohruh Yoqubjonov, "Metallurg": 35.Rahim Davronov, 24.Davron Ergashev, 15.Abbos Otaxonov, 33.Ivan Yosovich, 14.Abror Toshqo'ziev, 22.Shahzod G'ofurbekov, 4.Kerim Palich (6.Xudoyshukur Sattorov, 77), 88.Sirojiddin Qo'ziev (21.Hazrat Tursunqulov, 77), 7.Sardor Abduraimov (8.Iskandar Shoyqulov, 39), 31.Marko Milichkovich, 97.Boban Jorjevich (11.Daler Sharipov, 88). Zahira: 87.Akmal Ortiqov, 19.Ergash Ismoilov, 5.Rizo Yazdando'st, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 27.Behruz Abdullaev. Ogohlantirishlar: Sirojiddin Qo'ziev (29), Mirzohid G'ofurov (31), Anvarjon G'ofurov (58), Rahim Davronov (77), Effiong Nsungusi (81). "Neftchi" PFK matbuot xizmati

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/04/IMG_20240426_233120_281-240x300.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar