Yangiliklarga qaytish
Umumiy

GʻULOM-HAYDAR GULYaMOV BILAN ShARTNOMA UZAYTIRILDI!

7-dekabr, 2023·1 min o'qish
IMG_20231207_171559_915

Gʻulom-Haydar Gulyamov "Neftchi"ning ishonchli va malakali yarim himoyachilaridan. U jamoaning tayanch yarim himoyasida fidoyilik namunasini koʻrsatib kelmoqda. Shu bois, uning oʻz jamoasida kelgusi yilda ham toʻp surishga rozi ekanligi inobatga olindi va shartnoma imzolandi. Jamoamiz tarkibida oʻtgan mavsumni toʻliq oʻtkazgan Gʻulom-Haydar Gulyamov maydonda 2177 daqiqa harakat qilib, eng koʻp oʻynagan futbolchi sifatida eʼtirof etildi. Gʻulom-Haydar Gulyamovga jamoamiz sharafini yorqin oʻyinlari orqali munosib himoya qilishiga ishonch bildirib, yaxshi niyatlari roʻyobga chiqishida omad va zafarlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar